Logo

O'zbekiston hududlari va Shvetsiyaning Gyoteborg shahri o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

May 02, 2025. 11:41 • 32 soniya

84
O'zbekiston hududlari va Shvetsiyaning Gyoteborg shahri o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

GYOTEBORG, 2-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari 28-30-aprel kunlari Shvetsiyaning Gyoteborg shahriga amaliy safarlari davomida mazkur shahar meri Aclan Akbas bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasida hududlararo aloqalarni yo'lga qo'yish, jumladan Gyoteborg shahri bilan savdo-iqtisodiy, ta'lim, turizm, energetika, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligi va madaniy almashinuvlar kabi yo'nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Gyoteborgda O'zbekistonning turistik, madaniy va iqtisodiy salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlarni birgalikda o'tkazishga e'tibor qaratildi.

O'zbekiston diplomatlari safar davomida Gyoteborg shahrida joylashgan bir qator sanoat kompaniyalarida bo'lib, ularni mamlakatimiz bozorlariga jalb qilish imkoniyatlarini o'tgandilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish