O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi madaniy aloqalar yangi bosqichga ko'tarilmoqda
Avgust 01, 2025. 17:23 • 29 soniya
• 49
ZAGREB, 1-avgust. /"Dunyo" AA/ Mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiya madaniyat va media vaziri Nina Obulyen Korjine bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat chog'ida madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashinildi.
Tomonlar shuningdek, madaniy aloqalarni kengaytirish hamda ikki mamlakat xalqlari o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan qo'shma tadbirlarni o'tkazishdan manfaatdor ekanliklarini alohida ta'kidilar.
Muzokaralar yakunida O'zbekiston va Xorvatiyaning tegishli muassasalari o'rtasida o'zaro aloqalarni yanada faollashtirish va mustahkamlashga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi