O'zbekistonning bebaho merosi Belgiya va Niderlandiyada taqdimot qilindi
Aprel 20, 2025. 10:57 • 32 soniya
• 120
BRYUSSEL-AMSTERDAM, 20-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Qarshi davlat universiteti bilan birgalikda Belgiyaning Mons universiteti va Niderlandiyaning "World Horti Center" xalqaro bilim va innovatsion markazida "O'zbekistonning bebaho merosi" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbirlarda ilmiy-akademik hamjamiyati, yetakchi oliy ta'lim va OAV vakillari hamda vatandoshlar qatnashdi.
Ishtirokchilar O'zbekistonning umumbashariyat sivilizatsiyasiga qo'shga hissasi, boy milliy madaniy va ma'naviy merosi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, 2025-yilda Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ahamiyati haqida ta'kidlandi.
Tadbirlar davomida "O'zbekistonning bebaho merosi" mavzusida taqdimot, konsert dasturi hamda Qashqadaryo viloyati hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi