Britaniyaning yetakchi kompaniyasi O'zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi
Noyabr 17, 2025. 17:22 • 2 daq
• 56
LONDON, 17-noyabr /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi hamda Energetika vazirligi vakillari Buyuk Britaniyaning "Intelligent Energy" kompaniyasi tijorat direktori Greg Xarris va texnik direktori Kris Dadfild bilan onlayn muloqot o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

30 yillik tajribaga ega bo'lgan "Intelligent Energy" vodorod energiyasini ishlab chiqarish va sotish, ushbu tizim bo'yicha texnologiyalarni joriy etish ixtisoslashgan yetakchi muhandislik kompaniya hisoblanadi.
Onlayn suhbat chog'ida Britaniya vakillariga O'zbekistonda "yashil" energetikani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, "yashil" vodorod ishlab chiqarish bo'yicha tashabbuslar haqida ma'lumot berildi. Ushbu yo'nalish mamlakatning amaldagi energetika strategiyasi doirasida ustuvor ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.
O'z navbatida, "Intelligent Energy" vakillari kompaniya faoliyati va vodorodning yoqilg'i sifatida foydalanish afzalliklari bo'yicha to'xtalib o'tdi. Ta'kidlanishicha, kompaniya mahsulotlari bugungi kunda dunyo bo'ylab avtomobilsozlik, yuk tashish, dronlar, telekommunikatsiya va elektr energiyasi ishlab chiqarish kabi sohalarda keng qo'llanilmoqda.
Muzokaralar davomida ishtirokchilar ilg'or vodorod yechimlariga asoslangan qo'shma "yashil" loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi. Kompaniya vakillari O'zbekiston bilan vodorod texnologiyalari va yoqilg'i elementlarini ishlab chiqish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi