Buyuk Britaniya delegatsiyasi yurtimizdagi turli vazirlik va idora rahbariyati bilan uchrashdi
Noyabr 18, 2025. 09:57 • 2 daq
• 55
TOSHKENT, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyaning Eksportni moliyalashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari Ed Prins boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi davlat tashkiloti hisoblanadi. Tashkilotning asosiy vazifasi kredit va kafolatlar taqdim qilish, sug'urta va maslahat ko'magini berish orqali mamlakatning tovarlar va xizmatlar eksportini qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishdir.
Malakatimizga tashrif mobaynida delegatsiya a'zolari Iqtisodiyot va moliya, Raqamli texnologiyalar, Transport, Tog'-kon sanoati va geologiya vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, Milliy bank, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi, "Uzbekistan Airports" AJ, "Centrum air" aviakompaniyasi rahbariyati bilan turli uchrashuvlar o'tkazdi.
Muzokaralarda yirik infratuzilma loyihalari, "yashil" texnologiyalar, sirkulyar iqtisodiyot va raqamli infratuzilma yo'nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJga tegishli "Qalmoqqir" koni hamda "IT-Park"ka tashrif buyurib, mamlakatimizning konchilik, raqamlashtirish va innovatsiyalar sohalarida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tomonlar muloqot jarayonida o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi