“O‘zbekneftegaz” delegatsiyasi Londonda xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi

Oktabr 28, 2026. 08:55 • 2 daq

• 250
“O‘zbekneftegaz” delegatsiyasi Londonda xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
“O‘zbekneftegaz” delegatsiyasi Londonda xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi
“O‘zbekneftegaz” delegatsiyasi Londonda xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi

LONDON, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Suhrob Hamroyev boshchiligidagi delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, “Standard Chartered Bank”, “ICBC Standard Bank”, “MUFG Bank”, “Deutsche Bank” va “J.P. Morgan” banklari, “Fitch Ratings” hamda “S&P Global Ratings” reyting agentliklari, “Ashmore Group”, “UBS Asset Management”, “Vanguard”, “Fidelity International”, “PIMCO” va “T. Rowe Price” investitsiya kompaniyalari rahbariyati, shuningdek, “O‘zbekneftegaz” yevroobligatsiyalari egalari bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda kompaniyaning moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, korporativ transformatsiya jarayonlari, sohadagi tendensiyalar va gaz qazib chiqarishni barqarorlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Xalqaro banklarni moliyalashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida to‘rtta istiqbolli loyiha taqdim etildi.

Xalqaro moliya institutlari vakillari kompaniyada amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdilar. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish