Vashingtonda AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarni yana-da jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Iyun 09, 2025. 15:16 • 44 soniya
• 104
VASHINGTON, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari AQShning "Atlantik kengash" tomonidan tashkil etilgan "AQSh – Markaziy Osiyo" forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda AQSh Senatidagi Markaziy Osiyo bo'yicha kokusning hamraisi, respublikachi senator Stiv Deyns asosiy ma'ruzachi sifatida qatnashdi. Shuningdek, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha sobiq katta direktori, Yangi Amerika Xavfsizligi markazi eksperti Liza Kyortis, "Meros jamg'armasi" prezidentining katta maslahatchisi Jeyms Karafano, Davlat departamentining energetika masalalari bo'yicha sobiq yordamchisi Jeffri Payett hamda taniqli ekspertlar va diplomatlar qatnashdi.
Muzokaralar ikki sessiyasiga bo'lingan holda tashkil etildi. Birinchi sessiyada AQSh va mintaqadagi mamlakatlar o'rtasida nodir mineral mahsulotlar bo'yicha hamkorlik mavzusi muhokama qilindi.
Ikkinchi sessiyada rasmiy Vashingtonning hozirgi va istiboldagi mintaqaviy yondashuvlari ko'rib chiqildi.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va AQSh munosabatlarining hozirgi holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar. O'zbekiston va AQSh munosabatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi