Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O'zbekistonga yetib keldi
Iyun 15, 2025. 11:21 • 45 soniya
• 107
QOHIRA, 15-iyun. /"Dunyo" AA/. Kecha Misr hukumati tomonidan beg'araz taqdim etilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining uchinchi partiyasi O'zbekistonga yetkazib berildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi va Misr Sog'likni saqlash vazirligi rahbariyati o'rtasida o'tkazilgan muzokaralar natijasida erishidgan kelishvlvrga binian, umumiy qiymati 114.829 ming AQSh dollari bo'lgan 28 dona qutidagi 7440 dona "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositalarining 2025 yildagi uchinchi partiyasi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga "UzAirways" aviakompaniyasi ko'magida olib kelindi.
Mazkur dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etildai va ular shifotalab bemorlar o'rtasida taqsimlanadi.
O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024-yillar davomida ushbu virusiga qarshi vazni 12.4 tonna bo'lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatimizga yetkazib berilgan. Mazku dori vositalarining umumiy qiymati 1.4 million dollarni tashkil etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi