Kuvaytning tajribali shifokorlar ishtirokida Farg'onada murakkab jarrohlik amaliyotlari o'tkaziladi
Oktabr 01, 2025. 14:12 • 45 soniya
• 64
AL-KUVAYT, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz elchixonasi ko'magida Kuvayt Jarrohlik kengashi prezidenti, "Adan Hospital" shifoxonasi jarrohi Muhammad al-Kandarining Farg'ona viloyatiga safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Kuvayt jarrohlik kengashi prezidenti Muhammad Alkandarini qabul qildi.
O'zbekistonda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ishlar haqida to'xtalib o'tildi, bu jarayonda xalqaro hamkorlik va ilg'or tajribalarni o'rganish muhimligini ta'kidlandi.
Ayni paytda Kuvayt jarrohlik kengashi hamda "Adan" shifoxonasi viloyatdagi CAMU – Xalqaro tibbiyot universiteti va "Meridian" klinikasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda. Tashabbus doirasida Kuvaytning tajribali shifokor va professorlari ishtirokida Farg'onada murakkab jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish, magistratura talabalarini o'qitish hamda ularni stajirovkalarga yuborish rejalashtirilgan.
Muhammad al-Kandari ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib, kelgusida boshqa qator loyihalarni ham yo'lga qo'yish niyatida ekanini bildirdi.
Viloyat hokimi mazkur tashabbuslarni qo'llab-quvvatlab, hamkorlikni yana-da kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi