Logo

Namanganlik hamshiralar Germaniya shifoxonalarida ishlashi mumkin

Iyul 17, 2024. 09:34 • 47 soniya

172
Namanganlik hamshiralar Germaniya shifoxonalarida ishlashi mumkin

NAMANGAN, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Namangan viloyati hokimligida Shveysariyaning "Globogate Concept AG" tashkiloti rahbari Johannes Meyer bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda hamkorlik doirasida namanganlik o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o'qitish va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni Germaniya shifoxonalarida ish bilan ta'minlash loyihasi muhokama qilindi.

Har ikki tomon loyiha bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan kelgusidagi hamkorlik yuzasidan kelishib oldilar.

Muloqot yakunida Namangan viloyati hokimligi va Shveysariyaning "Globogate Concept AG" tashkiloti rahbariyati o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish