O'zbekiston vakili Polshaning Vroslav shahrida o'tkazilgan Xalqaro dermatologiya kongressida ishtirok etdi
May 29, 2024. 12:05 • 26 soniya
• 112
VROSLAV, 29-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi direktori Ulug'bek Sabirov ishchi safari bilan Polshada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida markaz direktori Polshaning Vroslav shahrida o'tkazilgan VIII Xalqaro dermatologiya kongressida ishtirok etdi.
O'zbekiston vakili, shuningdek, dunyoga mashhur soha mutaxassislari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda sog'liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ilmiy-metodik ko'nikmalar bilan almashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi