Logo

Saudiya kompaniyasi O'zbekistondan xizmat ko'rsatish sohasi vakillari va hamshiralarni ishga jalb etish taklifini bildirdi

May 18, 2024. 10:30 • 43 soniya

401
Saudiya kompaniyasi O'zbekistondan xizmat ko'rsatish sohasi vakillari va hamshiralarni ishga jalb etish taklifini bildirdi

AR-RIYOZ, 18-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistonining "Kdot Partners" kompaniyasi ijrochi direktori Faysal al-Dovud bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mehnat sohasida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, Saudiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz haq-huquqlarini ta'minlash va qonuniy migratsiyani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Faysal al-Dovud ikki davlat o'rtasida aloqalar barcha jabhalarda rivojlanib borayotganini, saudiyalik ishbilarmon doira vakillarining O'zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqishi ortganini ta'kidladi. U mamlakatimizning "Gold Step Construction" kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolaganini qayd etdi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya O'zbekistondan xizmat ko'rsatish sohasi vakillari, texniklar va hamshiralarni ishga jalb etishga e'tibor qaratmoqda.

"Ushbu soha mutaxassislariga Saudiya Arabistonida talab juda yuqori. Shuni inobatga olib biz o'zbek tomoni bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishdan manfaatdormiz", dedi u.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish