Logo

Polsha–O‘zbekiston yo‘nalishida sayyohlar oqimi yana-da oshiriladi

Fevral 16, 2026. 15:45 • 2 daq

431
Polsha–O‘zbekiston yo‘nalishida sayyohlar oqimi yana-da oshiriladi

VARSHAVA, 17-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi tarmoq byurosi direktori Robert Ludera hamda “Turkish Airlines” kompaniyasining Varshavadagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Enser Akarchashma bilan onlayn muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari xususida to‘xtalib o‘tildi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Polshadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat davomida Polsha–Turkiya–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab sayohat qilayotgan Yevropalik sayyohlar oqimini yanada oshirish masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Polsha va Yevropa Ittifoqi bozorlarida O‘zbekiston brendini targ‘ib qilish, yangi sheriklar topish va ikki tomonlama turizm aloqalarini yanada mustahkamlash lozimligi taʼkidlandi. So‘nggi paytda Polshada turizm bozori yillik o‘sish surʼatlarini namoyon qilmoqda, bu esa O‘zbekiston uchun yangi maqsadli auditoriyani jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi.

Qayd etildiki, Polsha turizm bozorining yillik o‘sish surʼatlari O‘zbekiston uchun yangi maqsadli auditoriyani jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar samaradorligini oshirish va sayyohlik almashinuvini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish