Logo

O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi akademik aloqalar kengaymoqda

Aprel 25, 2025. 12:34 • 54 soniya

117
O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi akademik aloqalar kengaymoqda

DUBAY, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Toshkent davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston vakillari safar davomida Sharja universitetida o'tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Sharja universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki tomon o'rtasida xorijiy tillarni o'rganishning metodik asoslarini takomillashtirish, mazkur oliy o'quv dargohlari o'rtasida qo'shma hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-madaniy sohalarda turli dasturlarni yo'lga qo'yish bo'yicha fikrlar almashildi.

Hamkorlikni rivojlantirishda mavjud ilmiy salohiyat va moddiy-texnik baza imkoniyatlardan foydalanish hamda ilmiy innovatsion infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi. Sharja universiteti professor-o'qituvchilari ishtirokida Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalariga onlayn o'quv darslar va seminarlar o'tkazish, o'qituvchi va talabalar almashinuvi dasturini yo'lga qo'yish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti vakillari O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari bilan ham uchrashdilar. Unda O'zbekiston va BAA o'rtasida ta'lim sohasini yana-da rivojlantirishning huquqiy-me'yoriy asoslarini takomillashtirish, ilmiy intellektual sohada to'plangan ilg'or tajribalarni ommalashtirish, talabalar almashinuvi va qo'shma dasturlarni shakllantirish hamda qisqa muddatli ilmiy amaliyotlar uyushtirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish