Logo

O'zbekiston hududlari va Rossiyaning Novosibirsk viloyati turoperatorlari o'rtasidagi hamkorlik kengaytiriladi

May 20, 2025. 15:39 • 1 daq

106
O'zbekiston hududlari va Rossiyaning Novosibirsk viloyati turoperatorlari o'rtasidagi hamkorlik kengaytiriladi

NOVOSIBIRSK, 25-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk Turizm tashkilotlar assotsiatsiyasi ijrochi direktori Svetlana Fomenko bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralarda, shuningdek, "Sibir turizm akademiyasi" notijorat tashkiloti direktori Irina Belenok va "Markaziy sayyohlik byurosi" direktori Igor Solovyov ishtirok etdi.

Svetlana Fomenko Rossiyaning ushbu hududi turizm sohasi vakillari va O'zbekiston tomoni o'rtasida yanada yaqin aloqalarni o'rnatish muhimligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, Novosibirsk aholisi, mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosi, tashrif buyuruvchilar uchun ko'plab qulay va jozibador sayyohlik yo'nalishlarining mavjudligi hamda Novosibirsk aeroportidan mamlakatimizga to'g'ridan-to'g'ri reyslarning yo'lga qo'yilgani tufayli O'zbekistonni asosiy sayyohlik yo'nalishlaridan biri sifatida tobora ko'proq tanlayotgani ta'kidlandi.

Bosh konsul Aslam Akbarov Novosibirskdan O'zbekistonga sayyohlik oqimi hajmini yanada oshirish zarurligini va buning uchun mamlakatimizda yaratilgan mukammal turistik infratuzilma yordam berishini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha may oyi oxirida Novosibirsk viloyati Iqtisodiy rivojlanish vazirligining turizm sohasi uchun mas'ul rahbarlari, shuningdek, yetakchi sayyohlik kompaniyalari va agentliklari vakillarining o'zbekistonlik sheriklar bilan onlayn muzokaralarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda Novosibirsk viloyatining yetakchi sayyohlik agentliklari va kompaniyalari rahbarlari uchun O'zbekiston bo'ylab info-tur tashkil etish haqida ahdlashib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish