Logo

O‘zbekiston vakili Jahon bojxona tashkilotining Bryusseldagi seminarida ishtirok etdi

Fevral 04, 2026. 16:14 • 55 soniya

600
O‘zbekiston vakili Jahon bojxona tashkilotining Bryusseldagi seminarida ishtirok etdi

BRYUSSEL, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakili Jamshid Qodirov Jahon bojxona tashkilotining (JBT) vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun texnik operativ maslahatchilarni oldindan akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha seminarida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Seminar 2026-yilning 2-6-fevral kunlari Bryusselda JBTning Yevropa dasturi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir ekspertlar va bojxona organlari mansabdor shaxslarini dastlabki akkreditatsiya jarayoniga tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, bu xalqaro mutaxassislar faoliyatining birinchi majburiy bosqichi hisoblanadi.

Seminar dasturi vakolatli iqtisodiy operatorlar sohasidagi kasbiy bilimlarni nazariy va amaliy baholash, shuningdek, tavsiyalar va taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalar va qobiliyatlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning JBT xalqaro missiyalarini modellashtirish, tashkilot nomidan loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchi mamlakatlarning salohiyatini oshirishga ko‘maklashish qobiliyati baholanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish