Logo

O'zbekiston va Yaponiya kinoijodkorlari hamkorligida "Yengilmas: Tokioga yo'l" nomli film suratga olinmoqda

Yanvar 26, 2024. 08:02 • 2 daq

272
O'zbekiston va Yaponiya kinoijodkorlari hamkorligida "Yengilmas: Tokioga yo'l" nomli film suratga olinmoqda

TOKIO, 26-yanvar. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning "Atpress" elektron nashri O'zbekiston va Yaponiya kinoijodkorlari hamkorligida "Yengilmas: Tokioga yo'l" nomli film suratga olinayotgani haqida yozib chiqdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov olimpiada o'yinlarida AQSHlik Richard Torresni mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritgani, "Yengilmas: Tokioga yo'l" nomli badiiy filmda sportchining tengsiz g'alabasi yo'lidagi kurashlari aks etgani tasvirlangan.

Mazkur asarni joriy yilning noyabr oyida Yaponiya kinoteatrlarida ham namoyish etish rejalashtirilgan.

"O'zbekistonning Tokiodagi elchixonasi mazkur filmni Yaponiya kinoteatrlarida namoyish etiladigan birinchi O'zbekiston filmi bo'lishini aytganida, tarixiy voqeaga qo'l urish uchun ajoyib imkoniyat ekanini angladim va shu zahoti hamkorlik qilishga qaror qildim. Filmda siz sportchi Bahodir Jalolovning sharafli g'alabaga erishish yo'lidagi tengsiz jasoratini ko'rasiz" - deya o'z munosabatini bildirgan yapon prodyuseri Yumiko Masuda.

Shuningdek, boshqa kinoijodkorlar mazkur film ko'plab yaponiyaliklarning O'zbekistonni yaxshiroq bilib olishlari uchun xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish