Logo

O'zbekiston va Polsha parlamentlararo, oliy ta'lim, migratsiya va sog'liqni saqlash yo'nalishlarida o'zaro hamkorlikni chuqurlashtiradi

May 12, 2025. 19:51 • 51 soniya

90
O'zbekiston va Polsha parlamentlararo, oliy ta'lim, migratsiya va sog'liqni saqlash yo'nalishlarida o'zaro hamkorlikni chuqurlashtiradi

TOSHKENT, 12-may. /"Dunyo" AA/. Polsha Senati raisining o'rinbosari Mixal Kaminskiy shu yilning 5-9-may kunlari tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mixal Kaminskiy tashrif davomida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Bexzod Musayev, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari va boshqa rasmiylar bilan bir qator samarali uchrashuvlar o'tkazdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvlar davomida O'zbekiston-Polsha munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida o'zaro tajriba almashishni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat parlamentlaridagi do'stlik guruhlarining faoliyatini kuchaytirish va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi sifatida parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflarini tashkil etishga alohida e'tibor qaratildi.

Oliy ta'lim, madaniyat, migratsiya, turizm, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligi kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik asoslarini yanada mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish