Logo

O'zbekiston bokschilari "Thailand Open" turnirida qatnashadi

May 23, 2025. 19:38 • 45 soniya

39
O'zbekiston bokschilari "Thailand Open" turnirida qatnashadi

TOSHKENT, 23-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 24-may – 1-iyun kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha "Thailand Open" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur musobaqada ishtirok etadigan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi Bangkok shahriga yo'l oldi.

Rahmatjon Ro'ziohunov va Elshod Rasulov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bo'lajak turnirga quyidagi tarkibni jalb qilgan:

Erkaklar:

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo'ziyev;

-55 kg: Faryozbek Do'smatov;

-60 kg: Madiyar Daniyarov;

-65 kg: Sayat Ilyasov;

-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov;

-75 kg: Javohir Abdurahimov;

-80 kg: Samandar Jalolov;

-85 kg: Nusratbek Tohirov;

-90 kg: Elyorbek Jo'raboyev;

+90 kg: Abdurahmon Rustamov.

Ayollar:

-48 kg: Farzona Fozilova;

-51 kg: Sabina Boboqulova;

-54 kg: Feruza Kazakova;

-57 kg: Nigina O'ktamova;

-60 kg: Sitora Turdibekova;

-65 kg: Navbahor Hamidova;

-70 kg: Oysha Toirova;

-75 kg: Aziza Zokirova.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish