O'zbekiston yosh kurashchilari Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi
Iyun 19, 2025. 19:13 • 32 soniya
• 187
TOSHKENT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo'yicha U-17 va U-23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, U-23 toifasidagi "klassik" kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunidayoq, O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Jumladan, -72 kg vaznda Abdulla Aliyev, - 82 kg vaznda Samandar Bobonazarov oltin, -60 kg vaznda Mehroj Bahromov kumush, -67 kg vazn toifasida Og'abek Muqimov bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo'ydilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi