Logo

O'zbekiston vakili Sherzod Poyonov sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi

Avgust 20, 2025. 18:16 • 29 soniya

20
O'zbekiston vakili Sherzod Poyonov sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo'yicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda, xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 19 avgust kuni o'tkazilgan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo'ldi.

Ushbu medalni erkin kurashchimiz Sherzod Poyonov qo'lga kiritdi. -92 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz saralashda Gretsiya, Yaponiya, Kanada va neytral maqomda kurashgan rossiyalik sportchilarni mag'lub etishga erishgan edi.

Hal qiluvchi bellashuvda esa qozog'istonlik Kamil Kurugliyevni dog'da qoldirib, jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish