O'zbekistonlik yengil atletikachi Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi
May 27, 2025. 17:30 • 31 soniya
• 175
TOSHKENT, 27-may. /"Dunyo" AA/. Ma'lum qilganimizdek, bugun Koreya Respublikasining Gumi shahrida yengil atletika bo'yicha Osiyo chempionati start oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy olimpiya qo'mitasidan olingan ma'lumotga ko'ra, musobaqaning ilk kunidayoq O'zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki medal yozib qo'yildi.
Unga ko'ra, ayollar o'rtasida uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz Sharifa Davronova kumush medalga sazovor bo'ldi. Yurtdoshimiz musobaqada 13.74 metr natija qayd etdi.
Chempionatning oltin medali esa 13.80 metr natija bilan xitoylik sportchi Li Yiga, bronza medali esa 13.65 ko'rsatgich bilan Yaponiya vakilasi Mariko Marimotoga nasib qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi