Logo

O'zbekistonlik yosh erkin kurashchilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi

Iyun 27, 2025. 16:26 • 47 soniya

33
O'zbekistonlik yosh erkin kurashchilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi

TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. Vyetnamda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida U-17 yosh toifasida erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.


Xususan, -51 kg vazn toifasida Ulug'bek Rashidov va -55 kg vaznda Abdumalik Jaloliddinov kumush medallariga ega chiqishdi. -45 kg vazn toifasida Mirjalol Mukammilov, -48 kg vaznda Shahobiddin Nurmanov va -60 kg vazn toifasida Faxriddin Nasriddinov bronza medallariga sazovor bo'lishdi.


Musobaqa davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan U-17 yosh toifasidagi erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi.


Ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz esa barcha yo'nalishlarda jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamg'arishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish