Logo

Bugun Xitoyning Jianshang shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida boshlanadi

May 09, 2025. 07:40 • 39 soniya

62
Bugun Xitoyning Jianshang shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida boshlanadi

TOSHKENT, 9-may. /"Dunyo" AA/. 9-15-may kunlari Xitoyning Jianshang shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur qit'a birinchiligida 26 mamlakatdan 170 nafar sportchi qatnashadi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etadi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan tarkibda Olimpiada chempioni va sovrindori bor.

Qo'yida Osiyo chempionati qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

 

Erkaklar:

-67 kg: Husinboy Matrasulov;

-73 kg: Abdulaziz Alimjonov;

-81 kg: Hayitboy Abdushukurov;

-109 kg: Sharofiddin Amriddinov;

-109 kg: Akbar Jo'rayev;

+109 kg: Amir Abdullayev.

 

Ayollar:

-59 kg: Nigora Abdullayeva;

-81 kg: Madina Fayzullayeva;

-81 kg: Rigina Adashbayeva;

-87 kg: Nigora Suvonova;

-87 kg: Tursunoy Jabborova.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish