Logo

Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi

May 12, 2025. 07:18 • 40 soniya

28
Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 12-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha 8-10-may kunlari Osiyo chempionati bo'lib o'tdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Unda qit'aning 20 davlatidan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Qit'a birinchiligida O'zbekiston terma jamoasining 16 nafar a'zosi yurtimiz sharafini himoya qildi.

 9-may kuni bo'lib o'tgan ilk bahslarda O'zbekiston sportchilari bir nechta yo'nalishda sovrinli o'rinlarni egallashdi. 

Jumladan, C-2 yo'nalishida 1000 metr masofaga bo'lib o'tgan musobaqada Muhammadali Mirismanov va Diyorbek Mamatqulov tandemi kumush medalga sazovor bo'ldi.

Shuningdek, 500 metr masofaga o'tkazilgan bahslarda Kamoliddin Rahmatullayev hamda Azimjon Sotiboldiyev bronza medalini qo'lga kiritdi. K-1 yo'nalishida esa Aleksandr Zarubin 1000 metr masofadagi poygani uchinchi o'rinda yakunlab, terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo'shdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish