Muhriddin Tilovov dzyudo bo'yicha Ostona "Katta dubulg'a" turnirida bronza medalini qo'lga kiritdi
May 11, 2025. 12:24 • 27 soniya
• 45
TOSHKENT, 11-may. /"Dunyo" AA/. Ostona shahrida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turniri bo'lib o'tyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, turnirning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Mazkur medalga -66 kg vazn toifasida kurashgan Muhriddin Tilovov mualliflik qildi.
Chorak finalda neytral maqomda kurashgan Ramazon Abdullayevga imkoniyatni boy bergan Muhriddin o'tish bosqichida mezbon Baurjan Narbayevdan, uchinchi o'rin uchun bahsda esa xitoylik Ziyang Syuyedan ustun keldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi