Logo

O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada bo'lib o'tayotgan sport gimnastikasi bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda

Iyun 05, 2025. 11:28 • 27 soniya

645
O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada bo'lib o'tayotgan sport gimnastikasi bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda

SEUL, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Janubiy Koreyaning Chechxon shahrida sport gimnastikasi bo'yicha erkaklar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston gimnastika federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqada 20 ta davlat vakillari, jumladan, mamlakatimiz sportchilari ishtirok etyapti.

Xususan, mazkur turnirda O'zbekiston sharafini Abdulla Azimov, Rasuljon Abdurahimov, Abdulaziz Mirvaliyev, Xabibullo Ergashev va O'tkirbek Jo'rayev himoya qiladi. O'smirlar toifasida esa Timur Kamayev, Mansur Rahmatov va Sarvar Abulfaizov medallar uchun kurash olib boradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish