Xitoyda o'tkazilgan "Beijing World Cup 2025" futbol turnirida vatandoshlardan tuzilgan jamoa munosib ishtirok etdi
May 05, 2025. 19:14 • 28 soniya
• 701
PEKIN, 6-may. /"Dunyo"AA/. Xitoyda ta'lim olayotgan va mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlardan tuzilgan O'zbekiston terma jamoasi "Beijing World Cup 2025" futbol turnirida qatnashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtdoshlarimizning mazkur musobaqada munosib ishtirok etishlari uchun O'zbekiston elchixonasi barcha zarur yordamni ko'rsatdi.
Xitoy Xalqaro yoshlar assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan "Beijing World Cup 2025" turniri turli mamlakatlardan 20 dan ortiq jamoa qatnashdi.
Keskin kurashlar ostida kechgan o'yinlarda O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning chorak finaligacha yetib bordi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi