Tennis bo'yicha O'zbekiston–Polsha terma jamoalari Devis kubogi jahon saralash bosqichining birinchi raundida Toshkentda bellashadi
Fevral 02, 2024. 12:27 • 50 soniya
• 65
TOSHKENT, 2-fevral. /"Dunyo" AA/. Bugun Toshkentda tennis bo'yicha Devis kubogi jahon saralash bosqichining birinchi raundidan o'rin olgan O'zbekiston – Polsha terma jamoalari o'rtasidagi bahs boshlanadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 2-3-fevral kunlari bo'lib o'tadigan bellashuvlar oldidan, kecha qur'a tashlash marosimi va matbuot anjumani o'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston tennis federatsiyasi Bosh kotibi Iroda To'laganova va federatsiya raisi o'rinbosari Azizbek Xadjayev, o'yin referisi Tom Kinlox, Polsha tennis federatsiyasi mas'ullari va OAV xodimlari qatnashdi.
Qayd etish joiz, bo'lajak bahslarga «Humo arena» mezbonlik qiladi. Jamoamiz sardori Denis Istomin o'yin oldidan barcha yigitlar yuqori sport formasida ekani, bunday ajoyib atmosferada o'ynash tennischilarga boshqacha zavq berishini ta'kidladi.
Qur'a yakunlariga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:
2-fevral:
Sergey Fomin – Xubert Xurkach;
Humoyun Sultonov – Maks Kasnikovski.
3-fevral:
Sergey Fomin / Maksim Shin – Xubert Xurkach / Yan Zelinski;
Humoyun Sultonov – Xubert Xurkach;
Sergey Fomin – Maks Kasnikovski.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi