Toshkentda suzish bo'yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionati o'tkazilmoqda
May 22, 2025. 17:06 • 33 soniya
• 29
TOSHKENT, 22-may. /"Dunyo" AA/. Shu kunlarda Toshkent shahri suzish bo'yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqada 5 mamlakat vakillari g'oliblik uchun bahs olib borishyapti.
Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Suv sporti saroyi"da turnirning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda hukumat vakillari va jamoat arboblari, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi.
Tadbirdan so'ng kun dasturidan o'rin olgan final bellashuvlariga start berildi. Qiziqarli bahslarda Eldor Usmonov, Anastasiya Zelinskaya kabi terma jamoamiz yetakchilari o'z masofalarida oltin medallarni qo'lga kiritishdi.
Turnir 23-mayga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi