O'zbekistonlik og'ir atletikachi Akbar Jo'rayev Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi
May 14, 2025. 20:22 • 50 soniya
• 70
SZYANSHAN, 15-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Szyanshan shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.
Musobaqada qit'amizning 26 davlatidan 170 nafar sportchi, shu jumladan, O'zbekistonning11 nafar vakili ishtirok etyapti.

14-may kuni bo'lib o'tgan bahslar yakunlariga ko'ra, hamyurtimiz Akbar Jo'rayev dast ko'tarishda 183 kg, siltab ko'tarishda 223 kg, ikki kurash natijasi 406 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Yana bir hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov esa dast ko'tarishda 181 kg, siltab ko'tarishda 214 kg, jami 295 kg natija bilan 3 ta kumush medalga sazovor bo'ldi.
Ayollar o'rtasida 87 kg vazn toifasida kechgan kurashda Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Chempionatning 14-may kungi dasturi yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan Xitoy va Shimoliy Koreyadan so'ng umumjamoa hisobida 3-o'rinda bormoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi