O'zbekiston og'ir atletikachilari Peruda o'tayotgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli odimlamoqda
May 05, 2025. 11:59 • 29 soniya
• 53
TOSHKENT, 5-may. "Dunyo" AA/. Peru poytaxti Lima shahrida o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatining 4 may kungi dasturida ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, murosasiz kechgan bellashuvlarda Muhsinbek Davletov va Dilnura Xoldorova shohsupaga ko'tarildi.
Jumladan, -89 kg vazndagi polvonlar bahsida Muhsinbek Davletov o'smirlar o'rtasida siltab ko'tarishda va ikki kurash natijalariga ko'ra kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Ayollar o'rtasida -71 kg vaznda shohsupachaga ko'tarilgan Dilnura Xoldorova dast ko'tarish mashqida uchinchi natijani qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi