Logo

O'zbekiston taekvondochilari Xitoydagi musobaqada 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi

Aprel 25, 2025. 17:25 • 47 soniya

42
O'zbekiston taekvondochilari Xitoydagi musobaqada 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Tayan shahrida taekvondo WT bo'yicha Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, Osiyo mintaqasi vakillari uchun tashkil etilayotgan mazkur turnirning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Xususan, Jasur Jaysunov (-80 kg), Marat Mavlonov (+87 kg) oltin, Shuhrat Salayev (-87) kumush, Yodgor Jo'raboyev (-87 kg) va Madina Mirabzalova (-57kg) bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida ham O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi. Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) oltin, Svetlana Osipova (+73 kg) esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, jamoamiz mazkur musobaqani 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish