Qozog'iston hududida qiyin ahvolda qolgan vatandoshlarga amaliy yordam ko'rsatildi
Fevral 11, 2025. 09:14 • 48 soniya
• 185
OLMAOTA, 11-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari sa'y-harakatlari bilan Qozog'istonga muolaja olish maqsadida borgan uch nafar vatandoshimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatik missiyadan olingan ma'lumotga ko'ra, yurtdoshlarimiz bo'lgan F.R. va F.A. va S.M. mahalliy ichki ishlar xodimlari tomonidan pasportlari noqonuniy tarzda olib qo'yilgani bo'yicha murojaat qilgan.
O'rganishlar davomida, shu yil 28-yanvar kuni mahalliy politsiya xodimlari hamyurtlarimiz turgan mehmonxonaga kelib, ularning pasportlarini olib qo'ygani va Qozog'istondan chiqarib yuborish bilan tahdid qilgani ma'lum bo'ldi.
Olmaota viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, politsiya xodimlarining hatti-harakatlari va talabi noqonuniy bo'lgani o'z tasdig'ini topdi.
Chunki, 2000-yil 7-iyuldagi O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi fuqarolarning o'zaro sayohatlari to'g'risidagi Shartnomaga muvofiq O'zbekiston fuqarolari Qozog'iston hududida bir oy muddatgacha registratsiyasiz bo'lishi mumkin.
Ushbu talabdan kelib chiqib, yuqorida nomlari keltirilgan yurtdoshlarimiz Qozog'iston qonunchiligini buzmagan. Shu bois, hech qanday ma'muriy javobgarliksiz ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining qaytarilishi ta'minlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi