1-sentabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar majburiy ro'yxatdan o'tish, biometrik ma'lumot topshirish va geolokatsiya monitoringi talablariga rioya qilishlari kerak bo'ladi
May 25, 2025. 15:34 • 34 soniya
• 76
TOSHKENT, 25-may. /"Dunyo" AA/. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva va Moskva viloyatida migratsiya sohasida eksperiment o'tkazish to'g'risidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo'limi telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab 2029-yil 1-sentabrgacha Rossiyaga vizasiz kelgan fuqarolar ushbu hududlarda majburiy ro'yxatdan o'tish, biometrik ma'lumot topshirish va geolokatsiya monitoringi talablariga rioya qilishlari kerak bo'ladi.
Mazkur qonun ish beruvchilarning huquqlarini ham kengaytiradi. Endilikda xorijliklar patentni bir hududda olib, qo'shni hududda ishlashlari mumkin. Masalan, Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi