O'zbekiston diplomatlari Qozog'iston hududlarida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar oldilar
May 22, 2025. 11:29 • 36 soniya
• 52
OQTOV, 22-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Oqtov shahrida qurilish sohasida vaqtincha mehnat faoliyati olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda yurtdoshlarimizga mamlakatimizda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, davlatimiz tomonidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizni moddiy, ijtimoiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so'zlab berdilar.
Bosh konsulxona tomonidan O'zbekiston fuqarolariga ko'rsatilayotgan konsullik xizmatlari haqida ma'lumot berildi. Bosh konsulxona ro'yxatida turishning afzalliklariga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, vatandoshlarga mezbon davlatning migratsiya bo'yicha qonuniga rioya etish zarurligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, yot g'oyalar, ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolmaslik hamda ularning salbiy oqibatlaridan ogohlantirildi.
Uchrashuv so'ngida uning ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan atroflicha javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi