Latviya kompaniyasida ishlayotgan vatandoshlarimiz uchun zamonaviy yotoqxona foydalanishga topshirildi
Mart 03, 2025. 14:48 • 55 soniya
• 230
RIGA, 3-mart. /"Dunyo" AA/. Latviyaning "SIA Kreiss" kompaniyasida ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun zamonaviy yotoqxona qurib foydalanishga topshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mehmonxonaning ochilish marosimida elchixona xodimlari ishtirok etib, yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida kompaniya rahbari o'rinbosari Aleksandr Sokolov, mehmonxona ma'muriyati hamda vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Aleksandr Sokolov bilan kechgan muloqot chog'ida, mazkur korxonaga yurtimizdan malakali haydovchilarni ishga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.
Vatandoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda davlatimiz rahbariyati tomonidan xorijda o'z mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida aytib o'tildi.
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha hayotga tadbiq etilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi