O'zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin
Sentabr 15, 2025. 20:33 • 42 soniya
• 382
JIDDA, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligining Jidda va Makka shaharlari boshqarmasi rahbari Abdulloh bin Abdurahmon Ismoil bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, O'zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga joylashtirish, ish beruvchi kompaniyalar bilan aloqalar o'rnatish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.
Saudiya vakili Jidda va Makka hududlarida vaqtincha ishlayotgan O'zbekiston fuqarolarining soni juda kamligini ma'lum qildi.
Suhbatdoshlar vatandoshlarimizni Saudiya Arabistonida mavsumiy ishlarga joylashtirish taklifini qo'llab-quvvatladilar. Xususan, qurilish-muhandislik sohasi va Haj mavsumida qassoblarni jalb qilish masalasini o'rganishga kelishib oldilar.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, ish beruvchi kompaniyalar, mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, O'zbekiston Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil va unda yurtimizdan mavsumiy ishchilarni jalb etish masalalarini muhokama qilish yuzasidan ahdlashib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi