Logo

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qiyin ahvolda qolgan hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi

Iyul 20, 2025. 12:38 • 50 soniya

305
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qiyin ahvolda qolgan hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi

YEKATERINBURG, 20-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Rossiyada qiyin moliyaviy ahvolda qolgan hamyurtimiz oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Chelyabinsk viloyati Kishtim tumanida joylashgan "Russkiye pryaniki" korxonasida vaqtincha ishlash uchun borgan yurtdoshimiz S.A. Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashuv chog'ida moddiy tomondan qiyin ahvolda qolganligi sababli doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun amaliy yordam so'ragan.

S.A. o'tkazilgan suhbat davomida ma'lum bo'lishicha, u shu yil may oyida tashkillashtirilgan tartibda mazkur korxonaga ishga kelgan. Uning Chelyabinsk viloyatiga yetib kelguniga qadar yo'l xarajatlari, yotoqxona va boshqa ko'rinishdagi to'lovlar ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan.

Hamyurtimiz vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi patentni rasmiylashtirish maqsadida uch marotaba imtihon topshirgan. Ammo rus tilini bilish darajasini beruvchi sertifikatni rasmiylashtira olmaganligi sababli Rossiyada noqonuniy huquqiy maqomda qolgan.

Vatandoshimizni O'zbekistonga qaytarish uchun Yekaterinburg shahriga olib kelindi va vaqtincha boshpana bilan ta'minlandi.  Shundan so'ng, O'zbekiston diplomatlari va faol vatandoshlar ko'magida hamyurtimizga "Yekaterinbur-Toshkent" aviareysiga chipta xarid qilib berildi. 

S.A. 19-iyul kuni "Yekaterinburg-Toshkent" yo'nalishi bo'yicha samolyotda O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan doimiy yashash manziliga kuzatildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish