O'zbekistondagi turizm sohasiga ixtisoslashgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari Xitoyda amaliyot o'tishi va ishlashi mumkin
Iyun 14, 2025. 10:38 • 41 soniya
• 65
GUANCHJOU, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoy bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, Bosh konsulxona ko'magida "Hainan Reaching Culture Education" kompaniyasi va O'zbekiston Migratsiya agentligi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralar davomida yurtimizning turizm sohasiga ixtisoslashgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun Xitoyning turizm markazlaridan biri – Xaynan provinsiyasidagi mehmonxonalarda amaliyot o'tish va ishga joylashish dasturini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni dasturning barcha jihatlarini, jumladan, uni amalga oshirish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish uchun O'zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga malaka sertifikatlari berilishi, uning asosida mahalliy mehmondo'stlik sanoati korxonalarida ishlash uchun tanlov o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Uchrashuv so'nggida tomonlar muzokaralarni davom ettirish va yaqin kelajakda hamkorlik bitimini imzolashga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi