Rossiyaning Omsk shahridagi vatandoshlar uchun konsullik qabuli tashkil etildi
Avgust 04, 2025. 16:15 • 45 soniya
• 78
OMSK, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Omsk shahridagi "Frutsiti" O'zbekiston ulgurji tarqatish markazi ishlayotgan fuqarolarimiz uchun sayyor konsullik qabuli o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga Vatanga qaytishi uchun guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi va yangi fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish bo'yicha arizalar qabul qilindi.
Bosh konsul qabulga kelgan yurtdoshlarimizga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida so'zlab berdi. Shuningdek, yuk mashinalari haydovchilari va ulgurji meva-sabzavot mahsulotlari sotuvchilariga qabul qiluvchi davlatning migratsiya bo'yicha qonunchiligiga rioya qilish shartligi ta'kidlandi.
Ushbu ulgurji tarqatish markaziga har kuni mamlakatimizdan 300 dan ortiq yuk avtomashinalarida meva-sabzavotlar olib kelinadi. Hozirgi kunda Omsk shahridagi do'konlar va savdo markazlari peshtaxtalaridagi meva-sabzavotlarning qariyb 80 foizi O'zbekistondan olib kelinmoqda.
Omskdagi "Frutsiti" ulgurji-chakana savdo markazi O'zbekistonning G'arbiy Sibirdagi yagona va eng yirik brendi hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi