Rossiyaning Primorsk o'lkasidagi vatandoshlarimizning patent rasmiylashtirishi bilan bog'liq muammolar va kamchiliklar bartaraf etilyapti
Iyun 06, 2025. 11:04 • 2 daq
• 75
VLADIVOSTOK, 6-iyun /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Yusuf Kabuljanov Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi "Pasport-viza xizmati" davlat unitar korxonasining Primorsk o'lkasidagi filialida bo'lib o'tgan vakolatli organlar vakillari bilan uchrashuvda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Rossiya Prezidentining "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo'yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni bilan joriy etilgan qonuniylashtirish davrida Primorsk o'lkasi hududida noqonuniy bo'lgan O'zbekiston fuqarolarining huquqiy holatini tartibga solish bo'yicha qo'shma tushuntirish ishlarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimiz fuqarolari "Pasport-viza xizmati" DUK filiali xizmatlaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklar ko'rib chiqildi.
Bosh konsulxona xodimlari tomonidan so'nggi vaqtlarda Rossiyaning Primorsk o'lkasida bo'lib turgan yurtdoshlarimizning patent rasmiylashtirish uchun tegishli hujjatlarni "Pasport-viza xizmati" tashkilotiga topshirishi chog'ida yuzaga kelayotgan katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida mazkur tashkilot rahbariyati bilan bir necha marotaba muzokaralar olib borilgan edi. Muzokaralar natijasiga ko'ra, "Pasport-viza xizmati" davlat unitar korxonasining Moskva shahridagi Bosh ofisidan Primorsk o'lkasi filialiga, kundan-kunga ortib borayotgan navbatlarni bartaraf etish maqsadida, bir guruh xodimlardan iborat yordam kuchlari yuborilishiga erishildi va filial 1 oylik kuchaytirilgan ish tartibiga o'tkazildi.
"Pasport-viza xizmati" DUK tomonidan Primorsk o'lkasiga xizmat safariga yuborilgan xodimlar to'liq bir oy ya'ni, iyun oyi davomida yakshanbadan tashqari haftasiga 6 kun, ertalab soat 08:00 dan, kech soat 22:00 ga qadar chet el fuqarolaridan patent rasmiylashtirish uchun tegishli hujjatlarini qabul qiladi.
Shuningdek, O'zbekiston diplomatlari mazkur tashkilotga patent rasmiylashtirish maqsadida kelgan vatandoshlarimiz bilan ham muloqot qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi