Logo

Sofiyada O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

May 17, 2025. 13:37 • 42 soniya

124
Sofiyada O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

SOFIYA, 17-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasining Sofiya shahriga amaliy tashrifi doirasida 15-may kuni mamlakatimizning Bolgariyadagi faxriy konsuli Petr Manjukov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida tashrifga tayyorgarlik ko'rish jarayonida faxriy konsul tomonidan berilayotgan har tomonlama ko'mak, jumladan, mazmunli va konstruktiv uchrashuvlar tashkil etishda ko'rsatilgan yordam yuqori baholandi.

O'zbekiston va Bolgariya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo'shma loyihalarni ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.

Tashrif doirasida O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Faxriy konsullik binosida Bolgariyada istiqomat qilayotgan mamlakatimiz fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Murojaat qilganlarga konsullik-huquqiy masalalar bo'yicha zarur tushuntirish va maslahatlar berildi. Shuningdek, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog'liq dolzarb masalalarni hal etishda amaliy yordam ko'rsatildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish