Rossiyaning Tomsk va Novosibirsk shaharlarida mushkul vaziyatda qolgan to'rt nafar ayol va ularning bolalari O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 08, 2025. 13:56 • 43 soniya
• 92
NOVOSIBIRSK, 8-avgust /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk va Novosibirsk shaharlarida og'ir hayotiy vaziyatga tushib to'rt nafar ayol va ularning bolalarini yurtimizga qaytardi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lumotlarga ko'ra, vatandoshlarimiz zarur hujjatlarini yo'qotgan va O'zbekistonga qaytish uchun mablag' topolmagan.
Bosh konsulxonasi tomonidan hamyurtlarimizning O'zbekistonga qaytishlari uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi. Migratsiya agentligi vakolatxonasining sa'y-harakatlari bilan esa ular uchun aviachipta xarid qilindi.
7-avgust kuni ayollar va bolalar Novosibirsk-Farg'ona aviareysi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Eslatib o'tamiz, 30-iyuldan 30-avgustga qadar "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi o'tkazilmoqda.Tadbirdan ko'zlangan maqsad xorijda mushkul ahvolda qolgan O'zbekiston fuqarolarini samarali hayotga qaytarishdan iborat.
Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari va O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi