Rossiyaning Magadan viloyatidagi yirik oltin qazib olish korxonasi O'zbekistondan qonuniy asosda ishchi kuchini jalb etishdan manfaatdor
Iyun 13, 2025. 12:33 • 57 soniya
• 210
MAGADAN, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Magadan viloyatiga amaliy safar davomida "Arbat" konserni kuzatuv kengashi raisi Aleksandr Basanskiy bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot avvalida Aleksandr Basanskiy konserni faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi. "Arbat"konserni Magadan viloyatidagi 11 ta obyektda oltin qazib olish faoliyati shug'ullanadi. Ma'lum qilinishicha, hozir kunda kompaniyada 900 dan ortiq O'zbekiston fuqarolari ishlamoqda. Shuningdek, O'zbekistondan qo'shimcha ishchi kuchini jalb qilish imkoniyati borligi ta'kidlandi.
"Ayni paytda konsernga malakali mashinistlar, haydovchilar, mexaniklar va boshqa mutaxassislar zarur. Bu toifadagi xodimlar uchun munosib ish haqi belgilangan, ular bepul turar joy va uch mahal ovqat bilan ta'minlanadi", – dedi Aleksandr Basanskiy.
O'z navbatida, Bosh konsulxona xodimlari bu masalada har tomonlama ko'mak ko'rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Muloqot chog'ida O'zbekiston Prezidentning "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga asosan tashkil etilayotgan tartibli mehnat migratsiyasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida "Arbat" konserni uchun mutaxassislarni qonuniy asosda jalb yetish bo'yicha ishlarni muhokama qilish uchun O'zbekiston Migratsiya agentligi vakillari bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi