Logo

O'zbekiston fuqarolari Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasidan Vatanga qaytarildi

Noyabr 06, 2025. 16:38 • 37 soniya

98
O'zbekiston fuqarolari Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasidan Vatanga qaytarildi

KRASNOYARSK, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasida og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O'zbekiston fuqarolariga barcha zarur amaliy yordam ko'rsatildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining vakolatxonasi sa'y-harakatlari bilan fuqaromiz voyaga yetmagan qizi bilan birgalikda Vatanga qaytarildi.

Ma'lum qilinishicha, ayol Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Krasnoyarsk huquq-tartibot idoralari tomonidan qo'lga olingan. Uning shaxsiy hujjatlari yo'qolgani sababli Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lgan, qizi esa voyaga yetmagan bolalar uchun maxsus muassasaga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona tomonidan ona-bolaning O'zbekistonga qaytishiga doir barcha tashkiliy va hujjatli masalalar hal etildi. Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan esa ular uchun aviachiptalar xarid qilindi.

Yurtdoshlarimiz Krasnoyarsk-Toshkent aviareysi orqali O'zbekistonga jo'nab ketdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish