Logo

O'zbekiston sayyohlik salohiyati Eronda o'tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqasi turizm bozori simpoziumida taqdim etildi

May 19, 2025. 09:26 • 44 soniya

71
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Eronda o'tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqasi turizm bozori simpoziumida taqdim etildi

TEHRON, 19-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev boshchiligidagi delegatsiya 13-15-may kunlari Eronning Kish erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqasi turizm bozori simpoziumida qatnashi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbirda, shuningdek, Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Seyed Rizo Salexi Amiri, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Majid Xon va tashkilotga a'zo davlatlar namoyondalari hamda turizm sohasi vakillari ishtirok etishdi.

Mamlakatimiz rasmiy vakili o'z ma'ruzasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'zlab berdi. Ushbu samarali islohotlar natijasida 2024-yilda yurtimizga 10 million xorijiy sayyohlar kelgani ta'kidlandi.

Simpozium doirasida Eron madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Seyed Rizo Salexi Amiri bilan ikki mamlakat madaniy meros, turizm va hunarmandchilik sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish