Janubiy Koreya aviakompaniyasi Seuldan Toshkentga muntazam havo qatnovlarini yo'lga qo'yadi
May 08, 2025. 07:25 • 50 soniya
• 63
TOSHKENT, 8-may. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreyaning "T'way Air" aviakompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni yo'lga qo'ymoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi ma'lumotiga ko'ra, Janubiy Koreyaning "T'way Air" aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yo'nalishi bo'yicha muntazam yo'lovchi qatnovlarini yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda. Dastlabki parvoz joriy yilning 23-may kuniga belgilangan.
Parvozlar haftasiga to'rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari "Boeing 777-300" va "Airbus A330-300" samolyotlarida amalga oshiriladi.
"T'way Air" – 2010-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Seulda joylashgan Janubiy Koreyaning arzon aviakompaniyasi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi