Ispaniyaning sayyohlik kompaniyalari Toshkent va Urganchga charter reyslarini ochishga hozirlik ko'rmoqda
Yanvar 21, 2024. 07:53 • 54 soniya
• 381
MADRID, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Madrid shahrida Ispaniyadan O'zbekistonga charter havo qatnovlarini yo'lga qo'yishga bag'ishlangan vebinar o'tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

650 dan ortiq kishi ishtirok etgan tadbir Ispaniyaning yetakchi «World2Meet» turoperatori tomonidan «NewBlue» va «Kannak» sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Vebinarda so'zga chiqqan «World2Meet» turoperatori tijorat ishlari bo'yicha direktori Fernando Lusini O'zbekiston Ipak yo'lidagi marvaridlaridan biri ekanini, mamlakat o'zining gastronomiyasi va mehmondo'stligi bilan mashhurligini ta’kidladi.
Charter reyslari Madridni Urganch va Toshkent aeroportlari bilan bog'laydi va «World2Meet» turoperatoriga tegishli «World2Fly» aviakompaniyasining «Airbus 330-300» samolyotlarida amalga oshiriladi.
Parvozlar ikki bosqichda - 8 maydan 12 iyungacha va 4 sentyabrdan 30 oktyabrgacha tashkil etiladi.
«Kannak» sayyohlik kompaniyasi direktori Karlos Florido mazkur charter reyslar doirasida O'zbekistonga sayyohlik yo'nalishini ishlab chiqqanini bildirdi. Uning aytishicha, ushbu yo'nalishning o'ziga xosligi shundaki, tur Urganchda boshlanib, Toshkentda tugaydi yoki aksincha.
Bir hafta davomida ushbu yo'nalish O'zbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari bo'ylab ming kilometrga yaqin masofani bosib o'tadi. Respublika bo'ylab sayohat avtobuslarda amalga oshiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi