O'zbekistonga Kuvaytdan sayyohlar oqimi ko'paymoqda
Oktabr 08, 2025. 11:27 • 45 soniya
• 98
AL-KUVAYT, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy oktyabr oyida Kuvaytdan 25 kishidan iborat sayyohlar guruhi O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda,deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tur shu yilning iyul oyida Kuvaytda "O'zbekiston – Ipak yo'li durdunasi" shiori ostida o'tkazilgan turizm-forumi davomida "Bazaar Travel" va Kuvaytning "Alrukn Alyamani" turkompaniyalari o'rtasidagi erishilgan kelishuv asosida tashkil etildi.
Yurtimiz sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan ushbu forum O'zbekiston elchixonasi, Turizm qo'mitasi va Kuvayt Turizm sektori hamkorligida tashkil etilgan edi.
Turkompaniyalar hamkorligida joriy oktyabr oyida 25 kishidan iborat dastlabki birinchi kuvaytlik sayyohlar guruhining O'zbekistonga safari tashkil etildi.
Safar davomida kuvaytlik sayyohlar Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlarning diqqatga sazovor joylari va mamlakatimizning tog' turizmi imkoniyatlarini bilan tanishdi. Guruh a'zolari O'zbekistonga sayohat ularga katta taassurot qoldirganini va boshqa kuvaytliklarni ham yurtimizga sayohat qilishga chaqirishlarini ta'kidladi.
"Alrukn Alyamani" kompaniyasi vakillari esa kelgusida bu kabi turlarni tizimli ravishda yo'lga qo'yish, o'bekistonlik sheriklar bilan birgalikda Kuvaytda O'zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadlarini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi